Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 30-oktabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 066.22▲ 62.20EUR13 444.18▲ 82.51RUB149.74▲ 0.94CNY1 811.36▲ 10.68KZT26.63▲ 0.28GBP16 075.82▲ 124.8830.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Uzcard toʻqqiz oyda 133,6 mln dollar sof foyda oldi

Shu davrdagi daromad 2 trln 85 mlrd soʻmga yetdi

30-oktabr, 13:03

Yagona respublika protsessing markazi (Uzcard) moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, 2026 yilning dastlabki toʻqqiz oyida sof foyda 1 trln 609 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 73 foizga oshgan. Bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi 33 ta tijorat bankining natijasidan yuqori boʻldi; undan koʻproq foydani faqat Ipoteka-bank oldi.

Kompaniyaning jami operatsion xarajatlari 639 mlrd soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yilning shu davridagi koʻrsatkichdan 26 foizga koʻp. Xarajatlarning asosiy qismini xodimlar bilan bogʻliq xarajatlar, mahsulotlarni ilgari surish va mijozlarni jalb qilish, shuningdek, protsessing hamda uskunalarga xizmat koʻrsatish tashkil etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing