Xitoy Xalq banki asosiy stavkani 3 foiz darajasida saqlab qoldi
Besh yillik stavka ham oʻzgarmadi va 3,5 foizni tashkil etdi; har ikki stavka ketma-ket 17-oydir shu darajada ushlab turilibdi
20-oktabr, 12:16По-русски
Regulyator bir yillik LPRni 3 foiz darajasida qoldirdi. Besh yillik koʻrsatkich ipoteka kreditlari qiymatini belgilaydi, bir yillik stavka esa boshqa kreditlarga nisbatan qoʻllanadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy vositasi boʻlib, hanuzgacha yetti kunlik teskari REPO operatsiyalari stavkasi qolmoqda. Bir kun avval Xitoy Xalq banki rahbari Pan Gungshen vaqt oʻtishi bilan uning oʻrnini «overnayt» teskari REPO stavkasi egallashini aytdi.
Manba: Interfax



