Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

2026 yilda Oʻzbekistondagi tashkilotlarning yarmidan koʻpi lokal kiber tahdidlarga duch keldi

Kaspersky laboratoriyasi maʼlumotiga koʻra, 2026 yil yanvar–oktabrida Oʻzbekistonda foydalanuvchilarning 53 foizi va korporativ mijozlarning 44 foizi lokal kiber tahdidlarga duch kelgan.

18-noyabr, 15:04

2026 yil yanvar–oktabrida Oʻzbekistonda lokal kiber tahdidlar foydalanuvchilarning 53 foizi va korporativ mijozlarning 44 foiziga taʼsir qildi. Bu maʼlumotlar Toshkentdagi Kaspersky Cyber Security Weekeend 2026’da taqdim etildi.

Internet tahdidlariga mamlakatdagi kompyuter va boshqa raqamli qurilma egalarining 29 foizi hamda kompaniya xodimlarining 14 foizi duch keldi. Backdoor qoʻllangan hujumlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga, stealerli hujumlar esa 19 foizga oshdi.

2026 yil yanvar–sentabrida fishing resurslariga oʻtish boʻyicha qariyb 2,1 mln urinish bloklandi. Uchinchi chorakda ularning soni oʻtgan yilning birinchi choragiga nisbatan uch baravardan koʻproq oshdi. Mashq xatlarida xodimlarning 13 foizi parol muddati tugagani haqidagi xatni bosdi; 7 foizini korporativ ChatGPT akkaunti maʼqullangani haqidagi xabarlar, 6 foizini esa ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polislaridan noqonuniy foydalanilgani haqidagi xatlar jalb qildi.

Mutaxassislar dasturiy taʼminotni yangilash, zaxira nusxalashni sozlash, insidentlarga javob berish rejasini ishlab chiqish va xodimlarni fishingni tanishga oʻqitishni tavsiya qiladi. Shuningdek, ular korporativ qurilmalar uchun markazlashtirilgan avtomatlashtirilgan himoyani qoʻllashni maslahat beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media