Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 13-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 973.44▲ 9.17EUR13 282.14▼ 41.27RUB144.53▲ 0.04CNY1 795.58▲ 2.02KZT26.91▲ 0.03GBP15 891.15▼ 33.2913.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Nyu-Yorklik Uranium Digital startapi yadroviy yoqilgʻi savdosini raqamlashtirmoqda

Uranıyni blokcheyn orqali sotishni taklif qiluvchi platforma IT sohasidagi energetika inqirozi fonida $16,5 mln jalb qildi

6-noyabr, 16:15
Uranium Digital

Sunʼiy intellekt va maʼlumotlar markazlarining rivojlanishi texnologiya gigantlarini — Amazon, Meta va Googleʼni — atom energetikasi sohasida yirik bitimlar tuzishga undadi. Biroq atom elektr stansiyalari uchun asosiy xomashyo boʻlgan uran bozori hanuz konservativligicha qolmoqda: bitimlar brokerlar orqali telefon orqali tuziladi, shartnomalar esa pochta orqali yuboriladi. Radioaktiv metall savdosini onlayn formatga oʻtkazib, bu yondashuvni oʻzgartirishni AQShning Uranium Digital startapi taklif qildi.

Kompaniya uran savdosini blokcheynga oʻtkazuvchi elektron maydoncha yaratdi. Tizim institutsional investorlar, uran qazib oluvchi kompaniyalar va energetika operatorlariga jismoniy uranni onlayn rejimda sotib olish va sotish imkonini beradi. Shu bilan birga, blokcheyn asosidagi reyestr ixtisoslashtirilgan omborlarda saqlanayotgan xomashyoga egalik huquqi oʻzgarishini kuzatib boradi.

Uranium Digital A seriyali raund doirasida allaqachon $16,5 mln jalb qildi. Raundga Blockchain Capital venchur fondi boshchilik qildi, unda Portal Ventures va Apeiron Investment Group ham ishtirok etdi. 2025-yildagi seed raundini hisobga olganda, jalb qilingan mablagʻlarning umumiy hajmi $22,6 mln dan oshdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Loyihani 2024-yilda xomashyo bozoridagi sobiq treyder Aleks Dymala-Doleski va Goldman Sachsʼning sobiq tahlilchisi Jek Rindner ishga tushirdi. Gʻoya mis yoki kumush savdosida qoʻllanadigan terminallarga oʻxshash, uran bilan onlayn savdo qilish terminallari mavjud emasligi sababli paydo boʻlgan.

Platforma uch guruh ishtirokchiga moʻljallangan: uran narxlariga toʻgʻridan-toʻgʻri kirishni istayotgan investorlar, sotuvlarini oldindan belgilab qoʻyishni xohlaydigan togʻ-kon kompaniyalari hamda reaktorlar uchun yoqilgʻi xarid qiladigan energetika kompaniyalari.

Startap bosh direktori Aleks Dymala-Doleskining soʻzlariga koʻra, Uranium Digitalʼning asosiy maqsadi jahon moliya bozorlari neft, gaz va oltin bilan savdo qiladigan tizimga oʻxshash tarzda yadroviy yoqilgʻi savdosi uchun zamonaviy texnologik infratuzilma barpo etishdir.