Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

XVJ imtiyozli kreditlashni Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun xavf deb hisoblaydi

Jamgʻarma alohida tadqiqotni 2027-yilda eʼlon qilishni rejalashtirmoqda

17-noyabr, 19:04

Toshkentda Markaziy bankda mintaqaviy iqtisodiy prognoz taqdimoti chogʻida bu haqda XVJning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze maʼlum qildi.

U ichki xavflar qatorida daromadlar boʻyicha reja, jumladan, oltindan tushumlar rejasi oshirib bajarilgan taqdirda davlat xarajatlari koʻpayishi mumkinligini ham qayd etdi. Tashqi omillar sifatida jahon iqtisodiyotidagi noaniqlik, geosiyosiy vaziyat va xomashyo narxlarining oʻzgarishi sanab oʻtildi.

XVJ Oʻzbekistonning iqtisodiy siyosati boʻyicha ikkita tadqiqot tayyorlamoqda: birinchisi foiz stavkalariga, ikkinchisi esa direktiv kreditlash amaliyotiga bagʻishlanadi. Gvenetadzening soʻzlariga koʻra, har ikki tadqiqot natijalarini 2027-yilda eʼlon qilish rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Direktiv kreditlash davlat qarorlari asosida imtiyozli shartlarda kreditlar berilishini anglatadi. Agar bunday kreditlar boʻyicha stavka qarz mablagʻlarining bozor qiymatini aks ettirmasa, Markaziy bankning asosiy stavka boʻyicha qarorlari iqtisodiyotdagi kreditlar qiymatiga kamroq taʼsir qiladi.

Oʻzbekiston ushbu mexanizmni kuchaytirish ustida ishlarni davom ettirmoqda. Asosiy stavka 2025-yil martidan buyon 14% darajasida saqlanib kelmoqda. XVJ, shuningdek, kichik va sayoz kredit bozorlari kelajakdagi tashqi shoklarning inflyatsiyaga taʼsirini kuchaytirishi mumkin, deb hisoblaydi.