S&P Oʻzbekiston banklari boʻyicha reyting choralarini koʻrdi
S&P KDB Bank Uzbekistan reytingini «BB»dan «BB+»ga oshirdi va Uzpromstroybank reytingi prognozini «Salbiy»dan «Barqaror»ga oʻzgartirdi

KDB Bank Uzbekistan boʻyicha reytinglar prognozi «Barqaror» darajasida qoldirildi, emitentning qisqa muddatli kredit reytingi esa «B» darajasida tasdiqlandi. Uzpromstroybankning uzoq muddatli va qisqa muddatli reytinglari «BB-/B» darajasida tasdiqlandi.
Har ikki qaror Oʻzbekistonning suveren reytingi bilan bogʻliq: 2026-yil 20-noyabrda S&P mamlakatning xorijiy va milliy valyutadagi majburiyatlar boʻyicha uzoq muddatli reytinglarini «BB»dan «BB+»ga oshirdi. Ular boʻyicha prognoz — «Barqaror». Agentlik buni iqtisodiy siyosatning takomillashuvi, islohotlar va tashqi iqtisodiy koʻrsatkichlarning yaxshilanishi bilan izohladi. Xalqaro zaxiralar 2023-yildan beri ikki baravardan koʻproqqa oshib, 2026-yil oktabr oyi oxirida taxminan $64 mlrdga yetdi.
Uzpromstroybank boʻyicha prognozning oʻzgarishi hukumatning unga favqulodda yordam koʻrsatish imkoniyati va tayyorligi oshishini kutishni aks ettiradi. S&P bankni davlat bilan bogʻliq tashkilot deb hisoblaydi va unga oʻz vaqtida hamda yetarli yordam koʻrsatilishining oʻrtacha darajada yuqori ehtimoli bor, deb baholaydi. Agentlik KDB Bank Uzbekistanʼni Korea Development Bankʼning strategik jihatdan muhim shoʻba tashkiloti sifatida koʻradi; uning reytingi oshirilishi guruh tomonidan potensial qoʻllab-quvvatlanishi bilan bogʻliq.





