AMD yangi TOP500 roʻyxatida 40 foizdan ortiq ulushni egalladi — oʻtgan yilgidan 14 foiz koʻp
TOP500ning yangi reytingida AMD superkompyuterlari ulushi 40 foizdan oshdi — bu oʻtgan yilgidan 14 foiz koʻp. AMD va AQSh Energetika vazirligi yaratgan Lux ilk bor 14-oʻrindan joy oldi.

TOP500ning yangi nashridan AMD komponentlariga asoslangan, jumladan El Capitan, Frontier, HPC7 va HPC6 tizimlari ham joy oldi. Ular reyting yetakchilari qatoridagi oʻrinlarini saqlab qoldi, birinchi oʻrinni esa Xitoyning LineShine tizimi egalladi.
Luxni AMD AQSh Energetika vazirligi bilan birgalikda Genesis Mission — sunʼiy intellektni ilmiy tadqiqotlarda qoʻllashga qaratilgan Amerika dasturi doirasida ishlab chiqdi. Tizimni HPE qurdi; u Frontier superkompyuteri yonidagi Oak Ridge National Laboratory hisoblash majmuasida joylashgan.
Lux tarkibida 4 000 dan ortiq AMD Instinct MI355X tezlatkichi bor. Tizimning yuqori unumli hisoblash vazifalaridagi ishlash koʻrsatkichi 317 petaflopsga yetadi. Tugunlar oʻrtasidagi aloqa uchun AMD Pensando yechimlaridan foydalaniladi, server tugunlari esa AMD EPYC protsessorlariga ega HPE ProLiant Compute XD685 bazasida yigʻilgan.
Lux, avvalo, sunʼiy intellekt sohasidagi tadqiqotlar uchun moʻljallangan va Frontier oʻrnini bosuvchi tizim sifatida koʻrilmaydi. AMD AQSh Energetika vazirligi va HPE bilan birgalikda ishlab chiqayotgan navbatdagi flagman tizim Discovery boʻlishi kerak.





