Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Idoralar buyruqlar orqali yangi yigʻim va litsenziyalar joriy eta olmaydi

Vazirlar Mahkamasi idoraviy hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarining yangi tahririni tasdiqladi. Ularga yangi yigʻimlar, litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini kiritish taqiqlandi.

21-noyabr, 15:35
Aura

2026-yil 19.11-dagi 629-son qaror bilan vazirlik va idoralar hujjatlarining huquqiy ekspertizasi hamda roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari yangilandi. Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlariga daxldor, idoralararo xususiyatga ega yoki tashqi tashkilotlar uchun majburiy hujjatlar roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Bunday hujjatlarga yangi soliqlar, xabardor qilish tartib-taomillari, imtiyozlar va javobgarlik choralari, asossiz xarajatlar va toʻlovlar, shuningdek korporativ munosabatlar hamda xoʻjalik jamiyatlarining vakolatlariga oid normalarni ham kiritib boʻlmaydi.

Biznes yuritishni murakkablashtiradigan yoki tadbirkorlarga yangi majburiyatlar yuklaydigan hujjat eʼlon qilinganidan keyin kamida uch oy oʻtgach kuchga kiradi. Qolgan hujjatlar, agar kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa, eʼlon qilingan kundan amal qiladi.

Loyiha tayyorlanishidan oldin idora hujjat zarurligini asoslab berishi kerak. Loyihalarning aksariyati jamoatchilik muhokamasidan oʻtadi. Adliya vazirligi ekspertizani 20 kun ichida oʻtkazadi va muddatni yana 10 kunga uzaytirishi mumkin. Asoslantirilgan eʼtirozlar roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga sabab boʻlishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazilmagan normativ hujjatni idora 10 kun ichida bekor qilishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media