Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Oʻzbekiston investorlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun platformani ishga tushirdi

Katalogda 46 mingdan ortiq korxona, jumladan 36 mingta ishlab chiqaruvchi hamda 80 mingta tovar pozitsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan.

17-noyabr, 18:24

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi investorlar oʻzbek tovarlari va ishlab chiqaruvchilarini izlashi, kompaniyalar esa oʻz imkoniyatlarini taqdim etishi mumkin boʻlgan platformani ishga tushirdi.

Katalogda 46 mingdan ortiq korxona, jumladan 36 mingta ishlab chiqaruvchi hamda 80 mingta tovar pozitsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan. Platformada tovarlar, ularning texnik xususiyatlari va sertifikatlari haqidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish maydonchalari, quvvatlar va yetkazib berish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birlashtirilgan.

Investorlar mahsulotlarni mustaqil ravishda tanlashi yoki yetkazib beruvchilarni tanlab berish boʻyicha ariza topshirishi mumkin. Unda loyiha parametrlari, zarur tovarlar, hajmlar, xususiyatlar va yetkazib berish muddatlari koʻrsatiladi. Korxonalar tekshirilgach va tanlab olingach, yakuniy roʻyxat shaxsiy kabinetga yuboriladi; butun jarayon yetti ish kunigacha davom etishi kerak.

Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlar va quvvatlar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirishi, buyurtma olingach esa narx, muddatlar va mavjud hajmlarga aniqlik kiritishi mumkin. Platformada, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi xaritasi va virtual koʻrgazma ham ishlamoqda. Agentlik davlat xaridlari, lotlar va shartnomalar haqidagi maʼlumotlarni qoʻshishni rejalashtirmoqda. Hozir uning resurslarida 50 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha materiallar joylashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media