Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Renovatsiya doirasida mulkdorlarga Yangi Toshkentdan xonadonlar taklif etiladi

Yangi uy-joy maydoni dastlabki maydonning 150 foizigacha boʻlishi mumkin

16-noyabr, 16:02

Yangi Toshkentda renovatsiya doirasida uy-joy mulkdorlariga mavjud uy-joyi maydoniga tengdan uning dastlabki maydonining 150 foizigacha boʻlgan xonadonlar taklif qilinishi mumkin. Loyihalarni «Toshkent Invest Company» AJ amalga oshiradi.

Masalan, maydoni 50 m² boʻlgan xonadon oʻrniga 75 m² gacha boʻlgan uy-joy koʻrib chiqilishi mumkin. Kengroq xonadonlar mulkdorlari uchun turli variantlar nazarda tutilishi mumkin: maydoni 70 m² boʻlgan uy-joy oʻrniga 105 m² gacha boʻlgan bitta xonadon yoki maydoni 45 va 60 m² boʻlgan ikkita alohida xonadon.

Bu misollar kafolatlangan shartlar hisoblanmaydi. Har bir holat koʻchmas mulk xususiyatlari va mulkdorlarning ehtiyojlari inobatga olingan holda alohida koʻrib chiqiladi. Takliflarni tayyorlashga mustaqil tashkilotlar jalb etiladi, maydon, xonadonlar soni va boshqa shartlar esa tomonlar bilan kelishiladi.

Mazkur mexanizm prezidentning 2024-yil 10-noyabrdagi UP-243-son farmonida nazarda tutilgan. Bunda mulkdorlar huquqlarini himoya qilish, tartib-taomillarning shaffofligi va kompensatsiya shartlarini kelishish tamoyillari saqlanishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media