Soliq imtiyozlarini Soliq kodeksiga kiritilishidan oldin ham kuchga kiritish taklif etilmoqda
Yangi qonun loyihasi penyani soliq qarzi miqdori bilan cheklashni hamda bank hisobvaragʻiga qoʻyilgan cheklovlarni avtomatik bekor qilishni nazarda tutadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 27 oktabr kuni biznes uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi. Hujjatni iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari Ahadbek Haydarov taqdim etdi.
Tuzatishlar tadbirkorlarga prezident qarorlari qabul qilingan zahoti, hatto Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartishlar hali kiritilmagan boʻlsa ham, imtiyozlardan foydalanish imkonini beradi. Bunda bunday oʻzgartishlar imtiyozlar amal qiladigan muddat davomida rasmiylashtirilishi kerak.
Loyiha farmatsevtika, ipakchilik va toʻqimachilik sanoati, xususiy maktabgacha taʼlim, koʻchmas mulk sohasidagi yirik loyihalar, ijtimoiy xizmatlar, koʻkalamzorlashtirish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega xayriya faoliyati uchun imtiyozlarni belgilaydi. Qoraqalpogʻiston va iqtisodiy rivojlanish boʻyicha beshinchi toifadagi tumanlardagi ayrim korxonalar uchun pasaytirilgan soliq stavkalari nazarda tutilgan.
Yana bir tuzatish aylanmadan olinadigan soliqdan QQS va foyda soligʻi toʻlanadigan umumiy soliqqa tortish tizimiga oʻtayotgan kompaniyalarga taalluqli. Tashabbus imtiyoz berish toʻgʻrisidagi qaror bilan uni kodeksda mustahkamlash oʻrtasidagi davrni qisqartirishi kerak.




