Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Xitoyda qazilma yoqilgʻisidan elektr ishlab chiqarish ketma-ket toʻrtinchi oy pasaydi

Oktyabr oyida Xitoyda qazilma yoqilgʻisidan elektr ishlab chiqarish oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan 7,3 foizga qisqardi. Shu bilan birga, quyosh energiyasi ishlab chiqarish 31 foizga, shamol energiyasi ishlab chiqarish esa 34 foizga oshdi

17-noyabr, 16:07
oilprice.com

Xitoy Milliy statistika byurosi maʼlumotlariga koʻra, oktyabr oyida asosiy qismini koʻmir tashkil etadigan qazilma yoqilgʻisidan elektr ishlab chiqarish oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan 7,3 foizga kamaydi. Bu bunday elektr ishlab chiqarishda yillik pasayish kuzatilgan ketma-ket toʻrtinchi oy boʻldi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining oʻsishiga ob-havo sharoiti ham yordam berdi: quyosh elektr stansiyalari oʻtgan yilga qaraganda 31 foiz koʻproq energiya ishlab chiqardi, shamol elektr stansiyalarida esa kuchliroq shamol tufayli ishlab chiqarish 34 foizga oshdi. Bloomberg bahosiga koʻra, yanvar–oktyabr oylarida qazilma yoqilgʻisidan elektr ishlab chiqarish 0,1 foizga qisqardi.

Shu bilan birga, qishda havoning sovishi elektr energiyasiga boʻlgan talabni oshirishi va yil oxirigacha koʻmir hamda gazda elektr ishlab chiqarishni vaqtincha qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda quyosh va shamol energetikasining oʻsishi mamlakat energiya balansida koʻmir ulushini allaqachon kamaytirmoqda.

2026 yilning birinchi yarmida koʻmir Xitoyda elektr energiyasi umumiy ishlab chiqarishining yarmidan kam qismini egalladi — bu ilk bor kuzatildi. Yozda quyosh energetikasi mamlakatda oʻrnatilgan elektr quvvati boʻyicha ham koʻmirni ortda qoldirib, eng yirik manbaga aylandi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media