Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Yevropa yozda oʻzi haydagan gazning 10 foizini allaqachon omborlardan oldi

Yevropa Ittifoqi omborlari 70,5 foizga toʻldirilgan — besh yillik oʻrtacha koʻrsatkich esa 89 foiz

17-noyabr, 15:14
oilprice.com

Yevropa Ittifoqi gaz omborlarini 90 foizgacha toʻldirishni maqsad qilgan, biroq joriy quyish mavsumi murakkab kechdi. Eron bilan urush Qatardan gaz eksportini deyarli toʻxtatganidan keyin operatorlar suyultirilgan tabiiy gazning spot partiyalari uchun osiyolik xaridorlar bilan raqobatlashib, taʼminot uchun odatdagidan koʻproq haq toʻlashiga toʻgʻri keldi.

Yevropa omborlaridan gazning sof olinishi oktabr oʻrtalarida boshlandi, noyabr boshida tezlashdi, soʻnggi bir hafta davomida esa sekinlashdi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi omborlaridagi gaz hajmi bu davr uchun odatiy darajadan ancha pastligicha qolmoqda: besh yillik oʻrtacha koʻrsatkich 89 foizni tashkil etadi.

Zaxiralarning pastligi Germaniyada allaqachon ogohlantirishga sabab boʻldi. Gaz omborlari operatorlari assotsiatsiyasi — INES — qish nihoyatda sovuq kelgan taqdirda, mamlakat gaz taʼminoti toʻliq taʼminlanmasligi mumkinligini bildirdi. Tashkilot qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha strategik choralarni zudlik bilan kuchaytirishga chaqirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media