Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 903.15▼ 62.36EUR13 329.15▼ 108.12RUB146.75▲ 0.79CNY1 783.40▼ 8.89KZT26.50▼ 0.20GBP15 916.89▼ 112.1123.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Fransiyadagi tartibsizliklar obligatsiyalar bozori uchun xavfni oshirmoqda

Fransiya va Germaniya obligatsiyalari daromadliligi oʻrtasidagi tafovut 2027 yil oxiriga borib 200 bazaviy punktgacha oshishi mumkin

19-oktabr, 15:41По-русски

Dushanba kuni erta tongda Fransiyaning 10 yillik OAT obligatsiyalari daromadliligi 4,86 foizga yetdi, Germaniya qimmatli qogʻozlari daromadliligi esa 3,41 foiz darajasida qoldi. Namoyishlar, budjet bilan bogʻliq qiyinchiliklar va davlat qarzi yuzasidan xavotirlar fonida Fransiya bozori bosim ostida qoldi.

Dam olish kunlari Fransiya boʻylab turmush xarajatlarining oshishi va maktablarning ahvoli sabab ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Bir necha shaharda talon-toroj va toʻqnashuvlar boshlandi, Limogesdagi tarixiy meriya binosi esa yongʻin oqibatida jiddiy zarar koʻrdi. Tartibsizliklar hukumatning 2027 yilgi budjetni qabul qilish va prezidentlik saylovlari arafasida davlat qarzini nazorat qilish borasidagi qiyinchiliklarini yanada kuchaytirdi.

Ninety One investitsiya kompaniyasi bahosiga koʻra, budjetsiz Fransiya taqchilligi Yevropa Ittifoqi tomonidan belgilangan chegaradan ikki baravardan ham koʻproqqa oshib ketishi mumkin. Kompaniyaning Investment Institute direktori Sahil Maxtani hujjat qabul qilingan taqdirda ham, bu faqat vaqtinchalik yechim boʻlishini aytdi. Capital Economics bozorlar boʻyicha iqtisodchisi Elias Hilmer moliyaviy va siyosiy noaniqlik sabab Fransiya va Germaniya obligatsiyalari oʻrtasidagi tafovut yanada kengayishidan ogohlantirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing