Dunyoda oltin 6 foizga arzonlashdi
Bu 2008 yildan beri ushbu oy uchun eng yomon natija boʻldi
2-noyabr, 14:21
Bu AQShdagi texnologik kompaniyalar aksiyalari pasaygani va Yaqin Sharqdagi mojaroni hal etish boʻyicha yangi diplomatik saʼy-harakatlar haqidagi xabarlar ortidan yuz berdi. Yana bir omil — Federal zaxira tizimi (FZT)ning dekabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani oshirishi kutilayotgani boʻldi: bozor ishtirokchilari bunday ehtimolni taxminan 75 foiz deb baholamoqda.
Dushanba kuni Comex birjasida oltinning dekabr fyucherslari bir unsiya uchun $3914,5 narxda sotildi.




