YI metan qoidalarini energiya taʼminoti xavotirlari fonida ikki yilga kechiktiradi
Yevroparlament va YI mamlakatlari neft, gaz va koʻmir importchilariga qoʻyiladigan talablarni ikki yilga kechiktirishga kelishdi. Kelishuv hozircha dastlabki boʻlib, ovoz berishni talab qiladi.

Neft, tabiiy gaz va koʻmir importchilariga qoʻyiladigan yangi talablarning muddatlari ikki yilga suriladi. 2030-yil mayigacha kompaniyalar 2024-yil 4-avgustdan boshlab tuzilgan yoki uzaytirilgan shartnomalar YI qoidalariga teng darajada monitoring, hisobot va tekshiruvdan oʻtkaziladigan yoqilgʻini qamrab olishini tasdiqlashi kerak.
2030-yil 5-avgustgacha importchilar va ishlab chiqaruvchilar YI bozoriga yetkaziladigan qazilma yoqilgʻisining metan intensivligi haqida ham maʼlumot berishi kerak. Oʻz boshqaruvidagi aktivlar operatorlari manba va obyektlar darajasidagi emissiya oʻlchovlari kiritilgan tekshirilgan hisobotlarni 2029-yil 5-fevralgacha taqdim etishi kerak. Operatsion nazorati boʻlmagan aktivlar boʻyicha hisobot esa metan intensivligi haqidagi hisobot topshiriladigan oʻsha sanagacha taqdim etiladi.
Yetkazib beruvchilar bozor tarang va narxlar yuqori boʻlgan sharoitda yangi talablarga mos yetarli yoqilgʻi hajmini taʼminlay olmasligidan xavotir bildirgani sabab muddatni koʻchirishga bosim boʻldi. Yevrokomissiya qoidalar qoʻllanilishini 2028-yil 1-yanvardan tekshirishni boshlashi va keyin har besh yilda hisobot berishi kerak. Yevroparlament qoʻmitalari dastlabki kelishuvni 23-noyabr kuni koʻrib chiqadi, shundan soʻng masala yalpi majlis ovoziga qoʻyiladi.





